2023-yilning 23-28-yanvar kunlari “Mehribonlik korpusi” xalqaro tashkiloti ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimi uchun milliy master-trenerlar tayyorlash maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 27 nafar pedagog xodimlari uchun trening o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda ushbu qo‘shma loyiha tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari infratuzilmasini, oshxonalar, suv ta‘minoti va sanitariya inshootlarini rekonstruksiya qilish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni taʼlim va tarbiyalash muhitini yaxshilashga qaratilgan.
Loyihaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishda pedagoglarni malakasini oshirishdir.