"Effekt Makarenko" Telegram kanalida Mirobod tumanidagi 247-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari tomonidan tashkilot hududi qordan tozalayotganligi yuzasidan tarqalgan fotolavhalar bo‘yicha rasmiy munosabat.
Dono xalqimiz bejizga "Pokliging - sog‘liging" demaydi. Havo harorati sovuq paytda qor bir zumda muzga aylanib, tashkilotga qatnaydigan xodimlar, bolalar va ota-onalar yuradigan yo‘l sirpanchiq bo‘ladi, tabiiyki, Kimdir sirpanib ketishi, jiddiy jarohat olishi mumkin. Albatta, bu ehtimoldan holi emas. Buning uchun esa iloji boricha hududni qordan tezroq tozalash lozim. Tozalovchi xodimlarga kelsak, ular ham sizu bizdek inson. Ularga yordam berish esa huquqbuzarlik deb baholanmaydi. Ko‘pchilik bo‘lib hududni qordan tozalash nafaqat ish ko‘lamini oshiradi, balki sovuq ob-havoda tozalovchi xodimlarning ham ishlarni yengillashtiradi, shuningdek, jamoaning birdamligini taʼminlaydi.
Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu holat o‘rganilganda yuqoridagi maqsadda tashkilot xodimlari o‘z tashabbuslari bilan qor tozalashgani maʼlum bo‘ldi.