2022-yil 27-dekabr kuni "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan "Ta'lim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida xayriya aksiyasi o'tkazildi.
№404, №442 KTIDMTT direktorlariga eshitish qobiliyatini yo'qotish darajasi har xil bo'lgan bolalar bilan tuzatish, ta'lim va tarbiya ishlarida qo'llaniladigan simsiz FM-tizimlari topshirildi.
Radio sinfidan foydalanish o'qituvchiga o'quv jarayonini osonlikcha boshqarish imkoniyatini beradi va bolalar uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni o'zlashtirish yengilroq bo'ladi.
Eshitish qobiliyati pasayishining turli darajalariga ega bo'lgan ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quvchilari bir qator afzalliklarga ega bo'lishadi: nutq va tilni rivojlantirish jarayoni sezilarli darajada yaxshilanadi, akademik ko'rsatkichlar oshadi va charchoq, aksincha, kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bunday tizimlardan doimiy foydalanadigan bolalarda nutqning rivojlanish darajasi normal eshitish qobiliyatiga ega bolalar nutqining rivojlanish darajasidan farq qilmaydi.
FM tizimi - eshitish qobiliyati cheklangan bolalarni o'qitishda eng muhim elementlardan biridir. Tizim o'qituvchining ovozini eshitish qobiliyati zararlangan o'quvchining qulog'iga to'g'ridan-to'g'ri uzatish uchun uzatuvchi moslamadan foydalanadi, bu esa o'quvchiga fonda shovqin ovozi bo'lsa ham o'qituvchining ovozini tanib olish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda simsiz audio uzatish texnologiyalari (FM-texnologiyalar) tuzatish va pedagogik ishlarda eng samarali vositadir