Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro tadbir keskin tanqid qilinmoqda. Tadbir yakunlari bo‘yicha bu murojaat yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida 2030 yilgacha amal qiladigan “Toshkent deklorasiyasi”ning qabul qilinishi hamda 193 ta davlatdan mehmonlarning ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu tashkil etilayotgan xalqaro tadbir tegishli tashkilotlarning me’yoriy hujjatlari asosida tashkil etilmoqda.
Qolaversa, ushbu nufuzli konferensiya birinchi marotaba Rossiya Federasiyasida (2010 yilda) o‘tkazilgan bo‘lib, YUNESKO tomonidan 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilab berilganligining o‘zi yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan samarali islohotlarning jahon hamjamiyatining nazariga tushganligini bildiradi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati