Sayt test rejimida ishlamoqda

BIRINCHI XONIMLAR GURUHINI TASHKIL ETISH TAKLIFI O‘RTAGA TASHLANDI

news-detail

Kunning ikkinchi yarmidagi bugungi kun tartibidan joy olgan oliy darajadagi sessiyalar qizg‘in davom etdi.

Sessiya davomida Gabon birinchi xonimi, bolalar va ayollar huquqlarini himoyalash borasida jamg‘arma raisi Silviya Valentin Bong o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Men bolalarni eng yoshligidan qo‘llab-quvvatlash uchun onalarni himoya qilishni tanladim. Onalar salomatligini muhofaza qilish, gender tengsizligiga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi kurash faoliyatimning asosiy qismidir.

Vaholangki, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabga borishi 93 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu ko‘rsatkich 69 foizni tashkil etadi. Yoshidan qat’iy nazar, barcha bolalar uchun maqbul ta’lim sharoitlarini ta’minlash bizning maqsadlarimizdan biridir.

Jamg‘armamiz tomonidan har yili bu sohaga millionlab mablag‘lar ajratiladi. Biz o‘qituvchilar uchun sifatli treninglar olib boramiz va innovasion amaliyotlarni joriy qilamiz. Ijtimoiy tengsizlikning oldini olish borasidagi ishlarimiz ham muhim. Aytmoqchimanki, Afrikaga sarmoya kiritish butun qit’ani rivojlanishi uchun juda muhim. Farzandlarimiz kelajakda duch keladigan qiyinchiliklarni yengishga tayyor bo‘lishlari uchun biz dunyoda mamlakatlarining qo‘llashlaridan umidvormiz”

O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish kerakki, Silviya xonim va u rahbarlik qilayotgan jamg‘arma tomonidan olib borilayotgan ishlar konferensiya ishtirokchilarining qiziqishi va rag‘batiga sazovor bo‘ldi.

Hattoki, bolalar huquqlarini himoya qilish faoli, Nobel mukofoti sovrindori janob Kailash Satyarti (Kailash Satyarthi) Silviya xonimning bu shijoatidan ruhlanib, dunyoda birinchi xonimlar guruhini tashkil qilib, maktabgacha ta’lim sohasiga e’tiborni yanada kuchaytirish, qolaversa, bu harakatga yoshlar tashkilotlari va talabalarni ham jalb etish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan notiqlar tomonidan o‘z davlatlari misolida e’tiborga molik tajribalarni ham o‘rtoqlashdilar. Ko‘radigan bo‘lsak, Malayziya qirolligi oilasi vakili Malayziyada ustuvor loyiha ustida ish olib borilayotgani, ya’ni boshlang‘ich ta’limda autizmga chalingan bolalarni ta’limga jalb etishda katta ishlar qilinayotganini ta’kidlab o‘tdi. “Afsuski,  pandemiya tufayli bu kabi ishlarimiz to‘xtab qolgandi. Biroq bugungi kunda bu harakat  yangi kuch va yangi bosqichga chiqmoqda. Bu loyiha orqali sog‘ligida muammosi bo‘lgan bolalarning ta’limini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yanada keng o‘rin bermoqchimiz”, deya ta’kidlab o‘tadi vakil.

“IQTISOD”, “MUHABBAT”, “MEHR”...

bu so‘zlar Toshkent deklarasiyasidan joy oladi.

Oliy darajadagi sessiyaning muhokamalar qismida ham yangidan yangi g‘oyalar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, bugungi sessiyalar ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan Agrippina Shin xonim o‘z so‘zida mutafakkir Konfusiydan iqtibos keltirib “Agarda bir yil hosil olishni istasangi bug‘doy eking, agarda 10 yil hosil olishni istasangiz daraxt eking, agarda 100 yil, asrlar davomida hosil istasangiz kelajak avlodni munosib tarbiyalang” deya ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Stefani Gianni xonim ham bugungi sessiyalar ishini yuqori baholab, Salvador va Gabonda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlardan yanada quvonganini bildirdi. 

Shundan so‘ng taniqli insonlar fikrlari ham eshitildi. Jumladan, FIFA bosh kotibi Fatma Samura xonimning 2 yil oldin YUNESKO bilan memorandum imzolangani, bu memorandumda futbolni maktablarga qaytarish masalasi ko‘tarilgani va salmoqli ishlar qilinayotgan haqidagi ma’lumotlarini keltirib o‘tish mumkin.

Fransiyalik dzyudo bo‘yicha jahon chempioni tomonidan ham iliq fikrlar bildirilib, “Meni shu darajaga yetishishimga onam sababchi. Uning g‘amxo‘rligi va yaratib bergan imkoniyatlari tufayli bugun shu mavqedaman. Va men ham yaqindagina dunyo yuzini ko‘rgan farzandimga xuddi shunday munosabatda bo‘laman. Uni hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga yetarli sharoit va mehrimni ayamayman” dedi.

Paralalimpiya chempioni, motivator janob Aleks Talaining hikoyasi esa barchada yanada ko‘tarinki kayfiyat va yetarlicha motivasiya berdi deyish mumkin. “Birgina qaltis harakat tufayli men butkul boshqa odamga aylandim. Menga ko‘p savol berishadi, siz nimani hisobidan yana hayotga qaytingiz deb. Xudo menga shunday insonlarni uchrashdiki, ular meni sportga olib kirishdi. Mana shu maqsadim meni olimpiya chempioniga aylantirdi. Uchrashuvlar davomida ota-onalar kelib meni quchoqlashib, mehr ulashishadi. Demak, men xato yo‘lda emasman va bularning barchasi bekorga emas” deydi o‘z nutqida chempion.

Sessiya doirasida moderator sahnadagi e’tiborli insonlarga “Siz shunday so‘z aytingki, u Toshkent konferensiyasidan joy olsin” deya murojaat qildi. Zalda esa “iqtisod”, “muhabbat”, “mehr” kabi so‘zlar yangradi.

Sessiya yakunida FIFA bosh kotibi tomonidan Gabon birinchi xonimi, Shin xonim va Shaxnoza Mirziyoyevaga dastxat tushirilgan futbol to‘plari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта