Sayt test rejimida ishlamoqda

TIZIM XODIMLARI VA TARBIYACHILAR EKSPERTLAR NIGOHIDA

news-detail

Forumning ikkinchi kuni. 

Asosiy tadbirdan so‘ng, sessiyalar ish boshladi. Ularda mahalliy va xorijiy ekspertlar maktabgacha ta’limning turli muammoli va yangi rivojlanish bosqichlariga doir mavzularni qamrab oldi. Xususan, ishtirokchi davlatlar vakillari erta ta’lim va bu borada olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldilar.

Dastlab, Mavritaniyaning Bolalar va Oilalar bo‘yicha ijtimoiy harakatlar vaziri Savin Talah xonim so‘z oldi. U o‘z davlatida 2006 yili ta’limga doir to‘rt qisimdan iborat qonun qabul qilinganligi va unda erta yoshdagi bolalar ta’limi va huquqlari alhohida o‘rin olganligini ta’kidladi.

Savin Talah bayon etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2024 yilgacha 100 ming nafar bolani erta yoshdan ta’limga qamrab olish, ya’ni hozirdagi 10 foizli ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish ustida ish olib bormoqda. Bunda eng asosiy e’tibor kam ta’minlangan oila farzandlariga qaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

– Bu 2025 yilgacha qilinadigan ishlarimiz, – dedi Savin Talah xonim. –Albatta, bu bo‘yicha bizda shart-sharoitlar mavjud. Jumladan, 50 ming nafar kambag‘al bolani ta’limga jalb etish ustuvor vazifamizdir va tabiiyki, mazkur jarayonlarda mamlakatimizning milliy ta’lim vazirligi, shuningdek, boshqa dahldor vazirliklar hamkorlikda ishlamoqda. Maqsad yagona – Mavritaniyadagi ijtimoiy ishlarni bir nuqtaga jamlash, pirovardida bolalarga sifatli ta’lim berish, ayniqsa,  shu yo‘nalishda ota-onalarning bolalar ta’limiga yondashuvini sifatli bosqichga olib chiqishga erishishdir.

Shundan so‘ng, Madagaskar Ta’lim vaziri Michelle Sahondrarimalala xonimga so‘z berildi. 

– Bizda ham maktabgacha ta’lim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, – dedi Michelle Sahondrarimalala xonim. – Mamlakat bo‘ylab, erta yoshdagi bolalar ta’limi uchun ishlovchi 16 ming ta bog‘cha mavjud. Ular uch yo‘nalishda faoliyat olib boradi. Ya’ni, davlat hamda xususiy kompaniyalar ixtiyoridagi bog‘chalar va 1 yillik majburiy maktabga tayyorlash kurslaridir.

Vazir xonim Madagaskar istiqbolini ta’minlash harakatidagi bu tizim haqida so‘z yuritar ekan, ularda ishlovchi tarbiyachi-pedagoglar malakasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilayotganligi xususida mamnuniyat bildirdi.

Mazkur sessiya ishida Aga-Xan jamg‘armasining  Ta’lim va erta bolalikni rivojlantirish bo‘yicha global yetakchisi Nafisa Shexova ham ishtirok etdi. U

Aga-Xan fondi faoliyatining ta’limga doir qirralari haqida to‘xtalar ekan, jumladan shunday dedi:

– Fondning 40 yillik faoliyati davomidagi moliyaviy ko‘magi Sharqiy Afrikaning qariyb 15 ta davlatida yashovchi o‘g‘il-qizlar uchun ta’lim sharoiti yaratishga qaratilgan. Shunga ko‘ra, 2 yillik dastur ishlab chiqilgan va bu dastur doirasida hudud  bog‘chalari uchun ishchi kuchi tayyorlanadi.  Shu tariqa yosh yigit-qizlarga to‘liq ta’lim beriladi va ular yaxshi pedagoglarga aylanadi. Fond bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, dunyodagi eng chekka qishloqlardagi yoshlarni qamrab olishni maqsad qilgan. Bunda tajribali pedagog yoshlar tajribasidan foydalanish alohida o‘rin tutadi.  Jahondagi ko‘plab davlatlar bu borada endigina ish boshlashdi.  Jumladan, Ugandada dastur ishga tushdi-yu, o‘qituvchilarni yetarli malakasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Madagaskarda esa, bolalarninng 30 foizdan 80 foizga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.

Sessiya davomida bir qator spikerlar “Ta’lim va tarbiya berish asoslari”,  “Yosh bolalarning uzluksiz ta’lim-tarbiyasi”, “Davlatlaring ta’lim darajalari”  singari mavzularda ham chiqishlar qilishdi. Xususan, Janubiy Koreya, Germaniya, Yuminiya, Shri-Lanka, Tojikiston davlatlarining vakillari o‘z yurtlaridagi maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi. Ular pedagoglarning oylik maoshlarini oshirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ba’zi davlatlarda sodir bo‘layotgan notinchliklarga barham berish vaqti kelganini ham alohida  ta’kidlashdi. 

Ishtirokchilar mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта