Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shinning kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasida ishtirok etish munosabati bilan so'zlagan NUTQI

news-detail

Hurmatli Stefaniya Jannini xonim, hurmatli Vazirlar, YUNESKO ga a'zo davlatlar delegatlari, do'stlar, hamkasblar!

 

Bugun sizni Toshkentda, Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasida kutib olishdan juda xursandmiz. Mana shunday kunda siz bilan birga bo'lish sharafiga muyassar bo'lganimdan xursandman.

 

Barchangiz O'zbekistonga xush kelibsiz!

Biz YUNESKO bilan birgalikda Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha ushbu konferensiyani o'tkazayotganimizdan juda faxrlanamiz. Bu barchamiz uchun buyuk va muhim lahzadir, chunki bu masala bo'yicha so'nggi konferentsiya 12 yil oldin o'tkazilgan. Quvonarlisi shundaki, bugungi kunda ushbu zalda kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ularning ta'limiga bo'lgan e'tiborimizni qanday kuchaytirishimiz mumkinligini muhokama qilish uchun juda e’tiborli, hamfikr insonlar to'planishdi.

 

Shuningdek, YUNESKO ga ushbu konferensiyani tashkil etish bo'yicha koordinatsiyasi va so'nggi oylarda O'zbekistonda jamoamiz bilan birgalikda amalga oshirilgan katta ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

 

YUNESKO Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari, ushbu konferensiya Bosh kotibi Stefaniya Jannini xonimga katta quvonch bilan so'z bermoqchiman.

 

 

Hurmatli Stefaniya Jannini xonim, hurmatli Vazirlar, YUNESKO ga a'zo davlatlar delegatlari, do'stlar, hamkasblar!

 

Konferensiya ishtirokchilariga menga bo'lgan ishonchlari va meni kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi raisi etib saylaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Ishonchim komilki, konferensiyada oldimizga qo'yilgan barcha maqsad va vazifalarga erishiladi va bu davomiy ta'lim olish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun inklyuziv va sifatli ta'limni yanada ta'minlashning kalitiga aylanadi.

COVID-19 pandemiyasi davrida ta'lim sohasi eng ko’p zarar ko’rgan tizimlardan biri bo’ldi. Global ta'lim inqiroziga olib kelgan oqibatlar tengsizlikni kuchaytirdi va butun dunyo bo'ylab millionlab bolalarni ijtimoiy himoya qilish uchun muhim bo'lgan ta'lim, sog'liqni saqlash va ovqatlanish orqali ko'rsatiladigan hayotiy xizmatlardan mahrum qildi.

Agar biz avlodlar halokatidan qochishni istasak, ta'lim — milliy siyosat va global umum manfaatning ustuvor yo'nalishiga aylanishi zurur.

Ta'limni o'zgartirish uchun siyosiy iroda, moliyalashtirish va jasorat kerak.

 

Agar yosh avlod iqlim o'zgarishidan raqamli inqilobgacha bo'lgan qiyin muammolarga duch kelganda, bilim, qadriyat va ko'nikmalarga ega bo'lolmasa, barqaror rivojlanish imkonsizdir.

Biz YUNESKOning tinchlik va inson huquqlari bo'yicha ta'lim berish jarayonida global muhokamani boshladik, bu muhokamalar zamonaviy muammolarga javoban davlat siyosatini yo'naltirish va ushbu holatni uzoq muddatli tartibda amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

 

Albatta, bizga yetarlicha moliyalashtirish, ko'proq moddiy hamda moliyaviy ko’mak, shuningdek, inson resurslari kerak bo'ladi. O'tgan yilning Noyabr oyida Parij deklaratsiyasi qabul qilindi, u YUNESKO ga a'zo davlatlarga davlat xarajatlarining kamida 15 foizini yoki YaIMning 4 foizini ta'limga ajratishn ijoriy qildi.

Bu tadbir nihoyatda zarur: ma'lumki, ta'lim – bu xarajat emas, balki eng yaxshi sarmoyadir. O'qituvchilar va maktablarga sarmoya kiritishdan ko'ra adolatli va samarali sarmoya yo'q.

 

Hurmatli do'stlar, hamkasblar!

Zamonaviy O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat rivojlanishning yangi bosqichi – Yangi O'zbekiston qurilishiga o'tdi. Uning ustuvor yo'nalishlaridan biri inson kapitalini rivojlantirishdir.

Erta rivojlanish va ta'lim – bu, mubolag'asiz, O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biridir. 2017-yildan boshlab, Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilganidan buyon, biz bugungi kunda bolalar uchun maktabgacha ta'lim qamrovini 27% dan 70% gacha oshirishga muvaffaq bo'ldik. Hozirgi kunda O’zbekistonda 2 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chalarga borish imkoniyatiga ega. Ushbu o'sish ko'rsatkichini Mamlakat rahbariyatining kuchli siyosiy irodasi va hukumatning sa'y-harakatlarisiz amalga oshirish mumkin emas edi.

Xoniblar va janoblar, hurmatli delegatlar.

Ushbu II Butunjahon konferensiyasi joriy yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan Sammitning mantiqiy davomi bo'ldi.

Bugun biz siyosiy majburiyatni yangilash va kengaytirish, a'zo davlatlar va xalqaro hamjamiyatni birlashtirish, har bir bolaning erta bolalik davrida sifatli tarbiya va ta'lim olish huquqini tasdiqlash uchun yig'ildik.

Ishonchim komilki, Butunjahon konferensiyasida o’rtaga tashlanadigan  g'oyalar forum qatanshchilarining bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi birdamligi hamda birligiga xizmat qiladi.

Konferensiya dasturi asosiy to'rtta mavzu atrofida qurilgan:

1.    Inklyuzivlik, sifat va farovonlik haqida;

2.    Pedagoglar va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha xodimlar malakasi haqida;

3.    Moliya, siyosat va boshqaruv haqida;

4.    Dasturiy ta'minot yangiliklari haqida.

 

Qadrli do'stlar!

Yana bir bor, bugungi konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, Toshkentdagi II Butunjahon konferensiyasi muhim voqea bo'lib, yanada adolatli, inklyuziv, dolzarb va barqaror ta'lim tizimlarini yaratishda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

Konferensiyamiz yakunida qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi erta rivojlanish strategiyasida yangi sahifa yaratadi va kelgusi o'n yil ichida maktabgacha ta'lim sohasida xalqaro kun tartibini belgilab beradi.

Xonimlar va janoblar,

Agar biz dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsak, ta'limning o'zini o'zgartirishimiz kerak. Biz ishonamizki, umumiy hisobda butun ta'lim tizimi dunyo miqyosidagi global o'zgarishlarga ta'sir qilishi mumkin, ta’lim jarayonlarini farzandlarimizning kelajagi uchun yaxshiroq va sifatliroq tashkil etish bizning burchimizdir. Biz dunyoning kelajakdagi sivilizatsiyasi uchun javobgarmiz!!

II Butunjahon konferensiyasining barcha ishtirokchilariga konstruktiv muloqot, dadil tashabbuslar, ijodiy takliflar va samarali faoliyat tilayman.  

 

E'tiboringiz uchun rahmat.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта