Konferensiyaning ikkinchi yarmi ham muhim debatlarga boy bo'ldi

news-detail

Kunning ikkinchi yarmida dasturiy yangiliklarga bag‘ishlangan parallel sessiyalar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi uchun kun tartibini ilgari surishga qaratilgan neyrofanlar, texnologiyalar va sun’iy intellekt, innovasion o‘qitish usullari va makonlarini ishlab chiqish kabi mavzularda qizg‘in muhokama va ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

Texnologiyalar va sun’iy intelekt mavzusida taʼlim-tarbiya jarayonida axborot texnologiyalari, xususan, kompyuter, planshetdan unumli foydalanish hamda kodlashtirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqish haqidagi fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qolaversa, innovatsion o‘qitish usullari va makonlarini ishlab chiqish mavzusida Jahon banki vakili Alena xonim tomonidan qiziqarli ma’lumotlar va tahlillar ahamiyatlidir.

Jumladan,  Bangladesh,  Peru kabi mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimida o‘ziga xos uslublar, moliyaviy yechimlar qilinayotgani haqida  so‘z yuritilgani diqqatlidir.

Shuningdek, ushbu mavzu doirasida Germaniyadagi ota-onalarni o‘qitish loyihalari bo‘yicha bobo-ota-o‘g‘il,  buvi-ona-qiz yo‘nalishlarida aloqalarni yanada mustahkamlash hamda oila kitoblarini yaratish g‘oyalari ilgari surildi.

Bu ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Ota-onalar farzandlar bilan ko‘proq ishlashlari,  ularni ham bir vaqtning o'zida ta’limga jalb etish bo‘yicha turkiyalik va ozarbayjonlik mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar ham ishtirokchilarning e'tiborini tortdi.

Turkiyada bog‘cha yoshiga yetgan, ammo bog‘chaga qatnay olmaydigan bolalar uchun onalar hamda otalarga mo‘ljallangan ko‘mak loyihalari yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, Montessori ta’limi qanday ishlayotgani,  xususan Keniya va Ugandadagi ishlar haqidagi ma’lumotlar ham konferensiya ishtirokchilarini bee’tibor qoldirmadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта