Bugun poytaxtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO ko‘magida Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta'lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi doirasida ilk tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
1500 dan ortiq ishtirokchilar maktabgacha taʼlimning kelgusi 10 yillik kun tartibini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin forum dasturini sharhlar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:
– Mezbon davlat sifatida biz o‘zimizning ilg‘or tajribalarimizni ko‘rsatishimiz, mamlakatdagi maktabgacha ta’limning ijtimoiy tarkibiy qismini taqdim etishimiz va jahon hamjamiyatining e’tiborini muammolar hamda ularni hal etish yo‘llariga qaratishimiz mumkin.
Shaxsan men vazir sifatida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasiga sarmoya va tajribani jalb qilish maqsadida, ushbu platforma yordamida hamkorlik aloqalarini kengaytirishni maqsad qildim.