Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston jahon reytingida yetakchilik qilmoqda

news-detail

   “Finance Inquirer” nashri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari hamda UNICEF, Jahon banki va OECD maʼlumotlariga tayanib, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilish boʻyicha eng yaxshi dinamikaga ega boʻlgan dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlatni eʼlon qildi. Unda O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan.

reystinglotin.jpg

    Hisobot 2018-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrni o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’limning uzoq muddatli tendentsiyalarining umumiy ko‘rinishini qamrab oladi.

    Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat hududlarda maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq vaziyat to‘xtab qolgan yoki salbiy o‘sish zonasiga o‘tgan. Bir qator mamlakatlarda esa ta’sirchan o‘sish kuzatilmoqda. Eng yorqin misol O‘zbekiston bo‘lib, u yerda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning o‘sish dinamikasi 59 foizni tashkil qilgan(tadqiqot davriga ko’ra)

Voqeani sharhlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin shunday dedi:

“Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi arafasida jamoamiz mehnatiga jahon miqyosida berilgan bunday yuksak baho quvonarli hol. YUNESKOning bu miqyosdagi tadbiri ilk bor Toshkentda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Aytishim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas: mamlakat rahbariyati tomonidan 2017-yildan buyon maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, hatto pandemiya davrining barcha uchun og‘ir bosqichini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Ishonchim komilki, biz yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat o‘sish dinamikasi, balki mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning yetakchi davlatlari darajasiga chiqamiz”.

    RGCA tadqiqotiga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati maktabgacha ta'lim dasturlariga katta mablag' sarflaydilar. Dastur xarajatlari, ya’ni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jami xarajatlarining o'rtacha 69% i davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

    O‘zbekistondan tashqari, birinchi o‘ntalikka Tojikiston (+33%), Belarus (+7%), Finlyandiya (+7%), Qozog‘iston (+4%), Litva (+4%), Turkiya (+4%), Shveytsariya (+2%), Polsha (+2%) va Ozarbayjon (+1%) kiritilgan.

   Reytingga ko‘ra, kiritilgan mamlakatlarning yarmidan ko‘prog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olish darajasi 2018-2020 yillarda pasaygan.  

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xozmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта