Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida etnosport turlari ommalashmoqda

news-detail

Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-259-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

Mazkur belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Angren, Bekobod, Ohangaron, Chirchiq shaharlari va Bo‘ka, Chinoz, Qibray, Toshkent, Zangiota, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari Maktabgacha taʼlim bo‘limlari tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida malakali ustozlar, trenerlar ishtirokida “Milliy xalq o‘yinlari – millat yoshlarining g‘ururi!” shiori ostida milliy va xalq o‘yinlari asosida jamoaviy, musobaqaviy o‘yinlar hamda milliy sport turlaridan O‘zbek jang sanʼati, milliy kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etilmoqda.

etno.jpg

etno1.jpg

etno2.jpg

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari va tarbiyalanuvchilari o‘rtasida etnosport turlarining jismoniy, intellektual, maʼnaviy-axloqiy jihatdan o‘rni haqida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida hamda maʼnaviyat soatlarida tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.

etno3.jpg

etno4.jpg

etno5.jpg

Yaqinda Toshkent viloyati  Maktabgacha taʼlim tizimidagi 480 dan ortiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida milliy sport turlaridan O‘zbek jang sanʼati, milliy kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shu bilan birga, bolalar “Arqon tortish”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Chillak”, “Besh tosh”, “Xo‘rozlar jangi”  kabi milliy xalq o‘yinlarida kuch sinashishdi.

etno7.jpg

 

etno9.jpg

etno10.jpg

O‘zbek milliy xalq o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, maʼnaviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi.  Ular ishtirokchilarning kelgusida abjirlik, murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish kabi hayotiy tajribalarida as qotishi aniq. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga taʼlim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o‘rni beqiyosdir.

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта