2022-yil 31-oktabr kuni A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialiga Rossiya Federatsiyasi ta'lim vaziri tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri Sergey Sergeevich Kravsov, O’zbekiton xalq ta’lim vaziri Baxtiyor Odilovich Saidov hamda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Vasilevna Shin universitet rahbariyati hamda talabalari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan yoʻnalish ochilishi alohida ta’kidlandi.
“Biz Sankt-Peterburgdagi Gersen universitetida O‘zbekiston madaniyati va an’analari bo‘yicha yo‘nalish ochishga kelishib oldik. Bundan maqsad, yoshlarimizga, talabalarimizga O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdir”, — deydi Kravsov.
Uchrashuv jarayonida tomonlar o’rtasida yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Jumladan, 2023-yil boshida Sankt-Peterburgda o‘qituvchilar ta’limiga bag‘ishlangan forum o‘tkazilishi shular sirasiga kiradi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati