Sayt test rejimida ishlamoqda

Bugungi “Ma’rifat soati”da o’tgan oyda imzolangan Qonunlarga sharhlar berib o’tildi

news-detail

Xabaringiz bor, har juma kuni davlat tashkilotlarida huquqiy savodxonlik darslari boʻlib oʻtadi.

Bugungi juma kuni ham vazirlik xodimlariga “Marifat soati” davomida oʻtgan oy va haftada mamlakatimizda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar hamda imzolangan qaror va farmonlar yana bir karra eslatib oʻtildi.

ma'naviyat1.jpg

Oʻtgan hafta davomida bir qator hujjatlar imzolangani taʼkidlanar ekan, ularga qisqacha sharhlar ham berildi.

Jumladan, 26.10.2022 y. da imzolangan O‘RQ–796-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni haqida yig’ilish boshida vazirlik xodimlariga tushuntirildi.

Mazkur qonunning bandlari haqida gap ketar ekan, uning e’tiborga molik jihatlari urg’ulandi.

ma'naviyat2.jpg

Joriy yilning 27-oktabridagi O’RQ-797-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida ham tushuntirish sharhi berib o’tildi.

Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishi haqidagi o’zgartirish vazirlik xodimlariga yetkazildi.

Shuningdek, 28.10.2022 y. da imzolangan O‘RQ-798-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuniga alohida urg’u berildi.

Xususan, Kodeksga ko‘ra, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatishi aytildi.

Shu bilan birga, Kodeksdagi “mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga urg’u berildi.

ma'naviyat3.jpg

 Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–799-sonli Qonun ham “Marifat soati” davomida sharhlanib o’tildi.

Ushbu qonunga ko‘ra, endilikda geografik ob’yektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.

ma'naviyat4.jpg

Yig‘ilish oxirida, joriy yilning 1-noyabridan bo‘ladigan muhim o‘zgarishlar ham eslatildi va sharhlandi.

Xususan, endilikda ushbu sanadan boshlab:

- Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi.

- Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o‘tkaziladi.

- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytiriladi.

- “Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.

- Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi.

- Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste’mol krediti ajratiladi.

- Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi.

- Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi.

- Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha ob’yekt qurish taqiqlanadi.

- “Yagona davlat nazorati” tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi.

- Harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashiladi.

- Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта