Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri O‘zbekistonda

news-detail

Joriy yilning 31-oktyabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri B.O.Saidov hamda Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri S.S. Kravtsov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda “Malish” (“Mittivoy”), “Komanda pedagogov pod klyuch” i “Klass!” (Zo‘r!) qo‘shma loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan loyihalar uchun tayanch platforma vazifasini bajaruvchi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Ochilish nutqida Rossiya delegatsiyasi rahbari Rossiya O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli sheriklikni hamda ko‘p tomonlama hamkorlik, jumladan,  maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini alohida ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi vakillarining alohida e’tibori O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi ilg‘or tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini o‘rganish bo‘yicha yangi aloqa nuqtalarini izlashga qaratildi.

Muzokaralar doirasida janob S.S. Kravtsov joriy yilning 14-16-noyabr kunlari YUNESKO shafeligida Toshkent shahrida “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi”ga ham katta qiziqish uyg‘otganligini hamda Rossiya tomoni bo‘lajak xalqaro forumda eng faol ishtirok etishini va o‘zining munosib hissasini qo‘shishini ta’kidladi.

Shu kuni Rossiya delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi, Toshkent shahridagi 559-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi universitet filiali hamda filialning bo‘lajak kampusi joylashgan joyda bo‘lishdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar milliy tizimini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта