Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonning barcha hududlarida bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish 50 foizdan oshgan

news-detail

Sal avval xabar berganimizdek, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar borasida, Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Grosheva nutq so‘zladi.

I.Grosheva o‘z nutqida, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 3-7 yoshli 2 million 800 ming nafar bola mavjud bo‘lib, shundan 1 million 959 ming 21 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 69,5 foizi maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olinganligi, 2017-yildan boshlab qamrovning o‘sish dinamikasini kuzatilganda, yaʼni 2017-yilda - 27,7%; 2018-yilda - 37,7%; 2019-yilda - 52,3%; 2020-yilda - 60,9%; 2021-yilda - 67,2% ni tashkil etganligini taʼkidladi.

Grisheva.jpg

O‘zbekistonning barcha hududlarida bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olish 50 foizdan oshganligi, avvallari, ayniqsa, qishloq joylarda bolalarni qamrab olish 12 foizdan oshmaganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, 2018-yildan boshlab 6 yoshli bolalarni bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlash bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, bunda qamrov 84 foizni tashkil etadi va 2025-yilga borib 100 foizga yetishi kutilmoqda.

Albatta, bu kabi yuqori natijalarga erishishda samarali xalqaro hamkorlik talab etiladi.

Taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik haqida gapirganda, Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi samaralarini qayd etmay bo‘lmaydi. Hozirda maktabgacha taʼlim tizimida nufuzli universitetning filiali muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda - bu A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat universitetining Toshkentdagi filialidir.

2021-yilda o‘z eshiklarini ochgan A. I. Gersenda 1- va 2-kurslarda 600 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet diplomi O‘zbekistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

2021-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston II ta'lim forumi doirasida Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi o‘rtasida "Mittivoy"("Малыш") qo‘shma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Malish.jpg

Loyiha O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim sifatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash imkonini beruvchi yagona tizimda tuzilgan tadbirlar dasturidir.

"Mittivoy"("Малыш") loyihasining asosiy maqsadlari — muhim tadqiqot muammolarini hal etishdan iborat.

malish2.jpg

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida jami 1384 nafar mutaxassis, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari va direktorlari so‘rov va test sinovlaridan o‘tkazildi.

"O‘ylaymizki, hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Mittivoy"("Малыш") loyihasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirishga, fan-taʼlimda rivojlantiruvchi muhitni, samarali tilni taʼminlash bo‘yicha milliy muhitda yo‘naltirilgan dastur metodologiyasini yaratishga yordam beradi. Ishonchim komilki, bundan keyingi hamkorlikdagi ishlar uchun poydevor avvalgidek, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, madaniy-gumanitar loyihalar bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib qoladi", - deya so‘zini yakunladi I.Grosheva.

Bizni kuzatib boring, forum doirasidagi yangiliklarni yoritishda davom etamiz.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта