Ayni damda Maktabgacha taʼlim vaziri o'rinbosari U.Begimqulov ushbu forumdagi moderatorligi jarayonida keyingi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik ko‘lami kengayib borayotganligi, birgina 2021-yilda mamlakatimizda Rossiyaning 4 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi filiali ochilgani bu sohadagi samarali hamkorlikning yorqin namunasi ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filiali faoliyat yuritayotganligi ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro akademik almashinuv yo‘lga qo‘yilib, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi, talabalarning turli grant loyihalarda qatnashishi muntazamlik kasb etayotganligi quvonarli ekanligini aytib o'tdi.
Ayniqsa, maktabgacha taʼlim sohasidagi ikki davlatning hamkorligi muhim o‘rin egallashi taʼkidlandi.
So'ng, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Grosheva ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida nutq so‘zladi.
Bizni kuzatib boring, forum doirasidagi yangiliklarni yoritishda davom etamiz.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati