Xiva shahridagi ikkita maktabda alternativ guruhlar tashkil etildi

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va UNICEF halqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Xiva tumanining chekka xududlarida joylashgan 2 ta mahallasida( “Sayot” MFY va Sho‘rko‘l” MFY) alternativ guruhlar tashkil etilgan edi.

photo_2022-10-25_13-47-42.jpg

Jumladan, “Sho‘rko‘l” mahallasidagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ana shunday alternativ guruhlar xududdagi 3-6 yoshdagi jami 50 nafar bolani 2 smenada o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi. 

photo_2022-10-25_13-48-02.jpg

photo_2022-10-25_13-51-05.jpg

Xuddi shu kabi, “Sayot” mahallasida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham xududdagi 3-6 yoshdagi 50 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olishi belgilandi.

photo_2022-10-25_13-48-03.jpg

Mazkur alternativ guruhlarda tarbiyalanayotgan bolalar to‘liq 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining BBIT dasturiga kiritilgan.

Bugun, 25-oktyabr kuni ushbu guruhlar tashkil etilganligi rasmiy tarzda e’lon qilindi. 

photo_2022-10-25_13-48-01.jpgphoto_2022-10-25_13-47-43.jpg

Ochilish marosimiga UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Kristian Chobanu hamda O‘zbekiton Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri maslahatchisi Oyatillo Raxmatullayev tashrif buyirib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, Ushbu guruhlar UNICEF halqaro bolalar tashkiloti tomonidan Ruminiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi mablag‘lari hisobiga jami 107 turdagi 126.3 mln so‘mlik (11.4 ming AQSH dollari) inventar, texnika jixozlari va didaktik materiallar bilan ta’minlangan. 

photo_2022-10-25_13-51-06.jpg

photo_2022-10-25_13-47-59.jpg

Shuningdek, Alternativ guruhlar turli yoshdagi(3-6 yosh oralig‘ida) bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’limiy va o‘yin jarayonlari qisqa vaqt (2,5-3 soat) davomida mutlaqo bepul olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта