Maktabgacha ta’lim vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin va Gruziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Zurab Abdushelishvili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini hamda keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Suhbat davomida joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan  YUNESKOning Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasini tashkil etish va oʻtkazish bilan bog‘liq hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘z nutqi boshida janob Zurab Abdushelishvili Gruziya O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Diplomatik missiya rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligi va diqqat e’tibori natijasida maktabgacha ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlarning asosiy natijalarini ham yuqori baholadi.

Delegatsiyasi rahbari Gruziya O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini qiziqish bilan kuzatishda davom etayotganini alohida ta’kidladi.

Mehmonning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasida salmoqli natijalarga erishmoqda.

Elchixona vakillarining alohida e’tibori O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi innovatsion g‘oyalarini Gruziyadagi maktabgacha ta’lim tizimiga tajriba asosida joriy etishga qaratildi.

Shuningdek, Janob Zurab Abdushelishvili Toshkent shahrida joriy yilning 14-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan  YUNESKOning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi”ni tashkil etish va o‘tkazishga katta qiziqish bildirdi.

Elchining soʻzlariga koʻra, Gruziya boʻlajak xalqaro forum doirasidagi har qanday birgalikdagi saʼy-harakatlarda faol ishtirok etishi va munosib hissa qoʻshishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida, maktabgacha ta'lim sohasida ikkitomonlama samarali natijalarga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya o‘rtasida uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to‘g‘risida  kelishildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта