Xalqaro vebinarda “Imkon” va “Umid” tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi

news-detail

Joriy yilning 21-iyun kuni Qibray tumani, Nukus va Qarshi shaharlaridagi “Imkon” hamda Zarafshon shahardagi “Umid” reabilitatsiya markazlariga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining milliy tizimini yaratish, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarga erta aralashuv sohasida malaka oshirish boʻyicha vebinar treningda ishtirok etishdi.5.jpg

Unda xalqaro ekspertlar portugaliyalik filologiya fanlari doktori Ana Mariya Serrano, portugaliyalik tibbiyot fanlari doktori Joze Boavida Fernandesh maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.7.jpg

Ushbu vebinar imkoniyati cheklangan bolalar uchun erta aralashuv boʻyicha dalillarga asoslangan amaliyot bilan bogʻliq asosiy tushunchalar va gʻoyalarni joriy etish va taqdim etishga qaratilgan bir qator vebinarlarning uchinchisidir. Ular milliy manfaatdor tomonlar va rivojlanishda kechikishlar hamda nogironligi boʻlgan yosh bolalarga, shuningdek, ularning oilalariga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan turli amaliyotchilar oʻrtasida zamonaviy erta aralashuv amaliyoti va tizimlarining asosiy tamoyillari, shuningdek elementlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.9.jpg

Vebinarlar YUNICEF mintaqaviy byurosi tomonidan erta bolalik aralashuvi boʻyicha Yevropa assotsiatsiyasi (EURLYAID) bilan hamkorlikda erta bolalikka aralashuvning zamonaviy amaliyotlari va tizimlari boʻyicha mintaqaviy va milliy ishlarni ilgari surish boʻyicha salohiyatni oshirish tashabbuslari doirasida tashkil etiladi.11.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта