
2022-yil 21-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ommaviy qabul boʻlib oʻtdi.
Ommaviy qabul davomida maktabgacha taʼlim tizimiga oid 11 ta murojaatlar boʻldi hamda ushbu murojaatlardan 9 nafari Kattaqoʻrgʻon tumani,1 nafari Ishtixon va 1 nafari Kattaqoʻrgʻon shahri fuqarolaridan kelib tushdi.
Qilingan murojaatlarning 4 nafari oilaviy MTT tashkil etish uchun bitim imzolanishini tezlashtirish boʻlib, qolgan 3 nafariga ijobiy hal etilishi aytib oʻtildi.1 nafari DXSH asosidagi MTT tashkil etish boʻyicha qilingan murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi. Bundan tashqari qilingan 11 ta murojaatlarning 5 tasi ijobiy, 3 tasiga joyida huquqiy maslahat berilib, qolgan 3 ta murojaatchining masalasi rad etilish orqali hal etildi.