
Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Sharshara” mahallasida yangi MTT ochildi. Davlat xususiy sherikligi asosidagi mazkur taʼlim tashkiloti 50 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda bolajonlarga ingliz va rus tillarida saboq beriladi.
Viloyatdagi Oltiariq tumanidagi “Yangiqoʻrgʻon” MFYda “Shirintoy” nomli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Davlat xususiy sherikligi asosidagi mazkur taʼlim tashkiloti qurilishiga 4 mlrddan ziyod mablagʻ sarflandi. U 150 oʻrinli boʻlib, tashkilotning ishga tushirilishi natijasida 22 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Viloyatning Bagʻdod tumanidagi 32-sonli DMTTning yangi 90 oʻrinli binosi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Navoiy shahridagi “Farovon” mahallasida yangi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi. U 120 oʻringa moʻljallangan.