Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida poytaxtimizdagi 482-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi.
Unda Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼullari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, poytaxtimizda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari, tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ustida yurtimizdagi taniqli olimlar, pedagog-psixologlar, ekspertlar va soha mutaxassislarini jalb etgan holda milliy anʼanalarimizga xos taʼlim-tarbiya, yoʻqolib borayotgan odob-axloq meʼyorlarini yodga soladigan 50 dan ortiq holatni oʻzida aks ettirgan ssenariy loyihalari ishlab chiqilgani va shu ssenariy asosida suratga olish ishlari tashkil etilgani aytildi.
Ushbu albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan maʼnaviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qoʻshadigan xulosalar asosida toʻldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.