“Sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” hamda “Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishda olib borilayotgan amaliy ishlar” mavzularidagi matbuot anjumani PRESS-RELIZ

news-detail

Joriy yilning 13-iyun kuni “Sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” hamda “Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishda olib borilayotgan amaliy ishlar” mavzularidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda qayd etilishicha, taʼlimga yoʻnaltirilgan investitsiya nafaqat mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitali takomillashib, moddiy farovonlik va sogʻlom turmush tarziga erishiladi. Inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Qobiliyat, bilim, koʻnikma va tajriba har bir yoshning shaxsiy mulkidir.4.jpg

Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari yuzasidan qabul qilingan yangi taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida oʻrin tutishi haqida ushbu matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtildi.5.jpg

Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan boʻlib,

- xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish;

- 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar esa 100 foizga yetkazish;

- Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali
7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini barpo etish;

- Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etish;

- 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish;

Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirish kabi vazifalar belgilanganki, yuqoridagilarning barchasi maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. 7.jpgJumladan, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 39-maqsadi ham aynan shu mazmunda boʻlib, “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlanganligi, bugungi matbuot anjumanining nomlanishiga ahamiyat bergan holda, haqiqatda sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili hisoblanishi va bu borada Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan toʻxtalib oʻtildi.8.jpg

“Albatta taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilar ekan, birinchi navbatda bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borish bosh maqsad boʻlib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni ortgan sari, pedagog kadirlarga boʻlgan  ehtiyoj ham oshib borayotganligi, hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda”-dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼul xodimi.10.jpg

Vazirlikning masʼul xodimi soʻzida davom etib quyidagilarni maʼlum qildi:

“Pedagoglarning kasbga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv–amaliy seminarlarda taʼlim–tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanish malakasini oshirish, nazariy bilimlarining amaliyot bilan mustahkamlanishi yaxshi natijalar koʻrsatmoqda.11.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Jumladan: Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 350 nafar trenerlar tayyorlandi. Ushbu trenerlar tomonidan 2021-yil sentyabr-dekabr oylarida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 22 mingdan ziyod pedagoglari qisqa muddatli oʻquv kurslarda oʻqitildilar.11.jpg

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini oshirish” mavzusida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslari uchun institut tomonidan 28 nafar hududiy boshqarmalar miqyosida, 414 nafar tuman (shahar) miqyosida  trenerlar tayyorlandi. Mazkur trenerlar tomonidan 24 mingdan ziyod pedagoglar qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitildi.12.jpg

Shuningdek, institut tomonidan pedagogika kollejlari oʻqituvchilari uchun “Ilm yoʻli” variativ dasturi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida 300 nafar pedagogika kollejlari maxsus fan oʻqituvchilari oʻqitildilar.13.jpg

 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.  Mazkur oʻquv kurslariga oliy taʼlim muassasalarining 70 nafar professor-oʻqituvchilari jalb etildi. Ular tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 1,5 ming nafar psixologlari oʻqitildi.14.jpg

2021-yilda 14029 nafar pedagog kadrlarning malakasi oshirildi, shundan 8198 nafar tarbiyachilardir. Shuningdek, pedagog kadrlar sifatini oshirish maqsadida qisqa muddat oʻquv kurslari tashkil etilib, mazkur kurslarda 50 mingdan ziyod pedagog kadrlar, shundan 22 mingdan ziyodi oilaviy NMTT pedagog kadrlari faol ishtirok etdilar.

2022-yilda 17288 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ularning 8600 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 7500 nafari Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, 1188 nafari Jisminiy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirilishi rejalashtirilgan.

2022-yilning 1-choragida jami 4 652 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi.

Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda.

Jumladan, Maktabgacha taʼlim vazirligi tassarufida 95 ta pedagogika kollejlari mavjud boʻlib, bu pedagogika kollejlari  maktabgacha taʼlim sohasi uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydi. Bugungi kunda ushbu pedagogika kollejlarida jami 53 197  nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Jumladan, 1-bosqichda 26155 nafar, 2-bosqichda 27042 nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Shundan kunduzgi taʼlim shaklida  41374 nafar, sirtqi taʼlim shaklida  8674 nafar, kechki taʼlim shaklida  866 nafar va dual taʼlim shaklida 2283 nafar oʻquvchilar tahsil olishmoqda.

Maktabgacha taʼlim vazirligining talab va takliflari asosida kollejlarda tayyorlov yoʻnalishlari  oʻquv rejalari tarkibiga    “Davlat talablari va MTT oʻquv dasturi”  fani, “Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash”,  “Rivojlanish markazlarida  bolalar faoliyatni tashkil etish” oʻquv amaliyotlari kiritilganligi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayoniga tegishli boʻlgan barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatalarni oʻrganish maxsus fanlar oʻquv dasturlariga kiritilganligi aytib oʻtildi.

Matbuot anjumanida, pedagogika kollejlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar taʼlimni bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash bilan birgalikda olib borayotganliklari, nazariya va amaliyot  birligiga erishilayotganligi, bevosita ishlash jarayonida yuzaga keladigan savollarning yechimi taʼlim  tashkilotining pedagoglari bilan birgalikda amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Shu bilan birgalikda pedagogika kollejlariga  2021-yildan dual taʼlim tizimi joriy etilib, dual taʼlim shakli oʻquvchilari  haftada 3 kun  pedagogika kollejlari oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlari va qolgan 3 kunda tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyatini olib borishayotganliklari haqida maʼlum qilindi.  

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 268-sonli qarori asosida Namangan viloyati Namangan pedagogika kollejida va Fargʻona viloyati Qoʻqon pedagogika kollejida tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha taʼlim klasterlari tashkil etildi.

Maktabgacha taʼlim klasterlarida oʻquv mashgʻulotlari Namangan davlat universiteti, Qoʻqon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkent shahridagi Puchon universitetlarining professor-oʻqituvchilari va xalqaro konsultantlar tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur klasterlarda jami 1022 nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi.

Jahon bankining 1-komponent boʻyicha “Yosh bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida. Taʼlim sifatini oshirish, bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda bola tarbiyasiga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” treningining ikkinchi moduli doirasida treninglar oʻtkazildi. Mazkur treninglarda jami 110 nafar pedagog kadrlar 4 ta guruhga boʻlinib ishtirok etishdi.”

“Taʼlimni modernizatsiya qilish davom ettirilar ekan, albatta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlarga berilayotgan taʼlim sifatini ham tubdan isloh etish ishlari olib borilmoqda”, - deydi vazirlikning Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi xodimi Nasiba Umirzoqova.

Albatta taʼlim sifatini oshirish uchun pedagog kadrlarning sifatini oshirish bilan birgalikda zamon talablariga javob beradigan oʻquv dasturlar, qoʻllanmalar va didaktik materiallarning oʻrni beqiyosdir.

Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba shaxsga yoʻnaltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va “Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali taʼlim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi.

“Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha “Ilm yoʻli” variativ dasturi va imkoniyati cheklangan bolalarni rivojlantirish maqsadida moslashtirilgan taʼlim dasturi amaliyotga kiritildi.

“Ilk qadam” dasturini amaliyotga joriy etish uchun pedagoglarga moʻljallangan 6 nomdagi oʻquv metodik taʼminot ishlab chiqildi. Shuningdek, ilk marotaba turli yoshdagi guruhlar uchun yillik mavzuviy rejalar namunasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar yetkazib berildi.

2021-yil davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazilgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, didaktik plakatlar va oʻyinlar hamda oʻyinchoqlar bilan taʼminlanish darajasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2021-yil davomida:

Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftarlari – 48 811 ta;

Pedagoglar uchun 6149 ta “ Ish daftari” (har bir komplekt 5 ta kitobdan iborat);

6 149 ta panoramli ertaklar  (har bir komplekt 6 ta kitobdan iborat);

25 000 ta pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar (rus va oʻzbek tillarda);

6 149 ta musiqa rahbarlari uchun qoʻllanma;

20 000 dona “Komikslar” toʻplami (har bir toʻplam 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat);

3-7 yoshli bolalar uchun “Qizil gul”, “Oq gul”, “Sariq gul”, “Moviy gul” nomli taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar, oʻzbek ertaklari va sheʼrlar toʻplami 20 000 nusxada (kitoblar nusxasi ilova qilinadi) ishlab chiqilib maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanganligi

10  00 ta “Luliya aylanalari” didaktik toʻplami;

3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikirlarni rivojlantirishga qaratilgan 20 000 ta “SOAT”

20 000 ta elementar matematika tasavvrularini va bilimlarini  rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami (har bir toʻplam 40 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda);

10 000 ta koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami (har bir toʻplam 45 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda);

10 000 ta markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami (har bir toʻplam 376 ta kartochkadan iborat) (rus va oʻzbek tillarda);

oʻzida milliy siymolar, milliy ertaklar hamda multfilm qahramonlari koʻrinishlari va lavhalarini aks ettirgan 6 149 nusxada “Stol teatri” didaktik toʻplami;

3-7 yoshli bolalar uchun “Koʻngilochar” geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha 6 149 ta didaktik toʻplam;

466 032 tadan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari uchun “Ish daftarlari”; “Matematika daftari” va “Ingliz tili daftari” ishlab chiqilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berilganligi matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2017-yilda jami 58 400 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritgan.

Ularning 12 623 nafari (21,6%) oliy maʼlumotli, 45 777 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni tashkil etgan.

Bugungi kunda 2022-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 149 024 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan: 51 442 nafari (34,5%) oliy maʼlumotli, 97 582 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir.

Jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 112 625 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 41 259 nafari (36,6%) oliy maʼlumotli, 71 366 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir.

Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy soni 2 820 161 nafarni tashkil etib, shundan 1 957 358 nafar bola (2017-yilda – 708 247; 2018-yilda – 932 310; 2019-yilda – 1 413 290; 2020-yilda – 1 699 566; 2021-yilda – 1 895 148 nafar bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 69,4 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017-yilda – 27,7%; 2018-yilda – 37,7%; 2019-yilda – 52,3%; 2020-yilda –60,9%; 2021-yilda – 67,2%).

Shu bilan birga 2022-yilning 1-iyun holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 28 012 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017-yilda – 5 211 ta; 2018-yilda – 7 104 ta; 2019-yilda – 13 530 ta; 2020-yilda – 18 254 ta; 2021-yilda – 27 609ta), shu jumladan 6 412 ta davlat va 21 600 ta (shundan 738 ta xususiy, 19 672 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 190 ta nodavlat) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatgichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030-yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта