2022-yil 9-iyun kuni Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuman masʼul hamshiralari uchun trening oʻtkazildi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish sifatini oshirish maqsadida Toshkent pediatriya instituti va ToshVMOI mutaxassislari bilan birgalikda YUNISEF koʻmagida maktabgacha hamshiralarni tayyorlashning elektron platformasi ishlab tushirilgan edi.
“Maktabgacha ta ʼ lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha koʻllanmalari” 10 000 nusxada qayta ishlab chiqildi. Shuningdek, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar” materiallari asosida onlayn platforma orqali hamshiralarni oʻqitish uchun videomateriallar yaratildi.
Toshkent shahri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarini onlayn oʻqitish boʻyicha birinchi kurs oʻtkazilib, ularning 70 foizi sertifikat bilan oʻquv va test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Kelgusida Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan barcha hamshiralarning malakasini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.