Maktabgacha taʼlim vazirligi vazirlikning koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va dizaynini yaratish boʻyicha TANLOV EʼLON QILADI

news-detail

Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan rahbar
va pedagog kadrlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni sohaga jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan vazirlikning koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va koʻkrak nishoni dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlovda barcha ijodkor dizaynerlar va jamoatchilik ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar quyidagi shart va talablarga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilinadi:

– koʻkrak nishoni nomi, guvohnomasi va qisqacha tavsifi kreativ, maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi eʼtiborga olinadi.

– koʻkrak nishoni dizaynida esa maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator), va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilgan boʻlishi shart.

Tanlovda yuqoridagi ikki yoʻnalish boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 10 000 000 (oʻn million soʻm) pul miqdorida taqdirlanadi. 

Ijodiy ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar @mtv_tanlov_bot telegram boti, devon@mpe.uz
va mdo@exat.uz 
elektron pochta yoki Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manziliga muallifning FISH, Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi) seriyasi va raqami, manzili, telefon raqami hamda elektron pochta manzili aniq koʻrsatilgan holda yuborilishi lozim:

100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi,
17-uy.

Тел: 97 604 43 89, 99 720 13 24

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining
koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovning oʻtkazilishiga oid

QOIDALAR

1. Tanlovning maqsadi

1.1. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovni (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soladi.

1.2. Tanlov Vazirlik tomonidan Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha keng jamoatchilik va soha mutaxassislarning fikrini inobatga olgan holda yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda.

1.3. Tanlov doirasida koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha eng yaxshi takliflar tanlab olinadi.

2. Tanlov ishtirokchilari

2.1. Tanlovda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

3. Tanlovning texnik shartlari

3.1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod tomonidan koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi (rangli koʻrinishda) boʻyicha aniq takliflarini vazirlik elektron manziliga yuborishlari shart.

3.2. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi
va guvohnomasiga quyiladigan talablar:

koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi;

koʻkrak nishoni dizaynida esa, maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator)
va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilishi;

koʻkrak nishoni nomlanishida “fidoiy” va “aʼlochi” soʻzlaridan foydalanmaslikka alohida eʼtibor qaratish lozim.

4. Arizalarni taqdim etish

4.1. Tanlovda ishtirok etish istagi bildirgan nomzodlar quyidagilarni:

ariza (ilovaga muvofiq);

tanlov boʻyicha aniq takliflar vazirlikning devon@mpe.uz va mdo@exat.uz elektron pochtasiga yoki 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 17-uy manziliga yuborilishi lozim.

5. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi
va guvohnomasi namunasini baholash mezonlari

5.1. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi namunasini baholash mezonlari:

oʻziga xoslik (unikal) va original;

koʻkrak nishon nomi jozibador va jarangdor boʻlganligi;

koʻkrak nishonida maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olganligi va uning batafsil tavsifi.

6. Baholash

6.1. Yuborilgan takliflar vazirlik tomonidan tuzilgan tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi.

6.2. Tashkiliy qoʻmita vazirlik xodimlaridan va soha mutaxassislaridan (kelishuvga koʻra) tashkil topgan boʻladi.

6.3. Tashkiliy qoʻmita quyidagilarni amalga oshiradi:

ishtirokchilardan arizalar va tanlov ishlarini yigʻish;

tanlovga taqdim etilgan ishlar, materiallar va hujjatlarni tekshirish ishlarini tashkil etish;

tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

baholash uchun har bir tanlov ishiga individual yondashish;

mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan Tanlov shartlariga mos kelmagan ishlarni muallifni ogohlantirmasdan Tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirish.

6.4. Tanlovning tashkiliy qoʻmitasi tanlov ishlarini jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etish va tanlov jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida muallifni xabardor qilmasdan va ularga haq toʻlamasdan har qanday tanlov ishlarini toʻliq yoki qisman nashr etish huquqiga ega.

7.Tanlovni oʻtkazish shartlari va tartibi

7.1. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich: saralash bosqichi;

2-bosqich: yakuniy bosqich.

7.2. Saralash bosqichida Tanlov tashkiliy qoʻmitasi ishlarni texnik talablarga mosligini tekshirib, yakuniy bosqichga oʻtkazish uchun munosib ishlar boʻyicha taklif kiritadi.

7.3. Eng yaxshi ishlar vazirlikning Axborot xizmatidan foydalangan holda koʻkrak nishoni nomi va uning koʻrinishi, tavsifi, guvohnomasi loyihasi uchun kontrafaksiyaga tekshiriladi.

7.4. Kontrafaksiyaga yoʻl qoʻygan ishlar Tanlovdan chetlashtiriladi.

7.5. Tanlov ishlari 2022-yil 7-iyundan 17-iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

7.6. 2022-yil 14-iyundan keyin kelib tushgan ariza va ishlar Tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

7.7. Tanlovda ishtirok etish Tanlov shartlari bilan tanishib chiqqanlik
va ularga toʻliq rioya etilishiga rozilikni anglatadi.

7.8. Gʻoliblarni tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tanlov ishlari 2022-yil 19-iyundan 29-iyungacha tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi va eng yaxshi ish aniqlanadi;

mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan tanlov shartlariga mos kelmaydigan tanlov ishlari tashkiliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilmaydi;

tashkiliy qoʻmitaning baholash natijalariga koʻra, ijobiy xulosa berilgan ishlar orasidan tanlov gʻolibi aniqlanadi;

tanlov jarayonlari va natijalari boʻyicha shikoyatlar/appelyatsiyalar qabul qilinmaydi;

agar gʻolib aniqlanmasa, tashkiliy qoʻmita tanlovni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.

Tanlov gʻolibi vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

7.9. Gʻoliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

koʻkrak nishoni nomi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm;

koʻkrak nishoni koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm.

8. Mualliflik huquqlari

8.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya etilishiga, tanlovda ishtirok etish uchun oʻz ishini topshirgan ishtirokchi shaxsan javobgardir.

8.2. Mazkur qonunga asosan, tanlov doirasida ishtirokchilarning “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasidan uning roziligisiz Vazirlik tomonidan foydalanishi (kontrafaksiyaga tekshirishi, keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etishi va bosma OAVda chop etishi) mumkin.

8.3. Tanlovda muallif tomonidan boshqa shaxslarning yaratgan ishlari bilan yoki ulardan foydalangan holda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi va uning
oʻz shrifti (yangi element) bilan yaratilgan ishlar qabul qilinadi.

8.4. Vazirlik tomonidan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” rasman qabul qilinayotganda “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasiga oʻzgartishlar
va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

8.5. Mazkur tanlov natijasiga koʻra, gʻolib dep topilgan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasining barcha huquqlari Vazirlikka oʻtadi va mutlaq huquq Vazirlikka tegishli boʻladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта