Kuni kecha Namangan viloyati Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida start olgan velomarafon Namanganda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini boshlab berdi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Baxtli bolalik” velomarafoni koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasining yangroq va jarangdor sadosi ochib berdi.
Velomarafon qatnashchisi boʻlgan 58 nafar jajji velosportchiga tadbir nishonlari, shuningdek, bayram sovgʻalari topshirildi.
Tarbiyalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur bayram shukuhining unutilmas onlari boʻlib qoldi.