Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar doimiy oʻz vaqtida qabul qilinib, zudlik bilan yechimi topilmoqda.
Xususan, 2018-yil – 1321 ta murojaat
2019-yil – 3373 ta murojaat
2020-yil – 2501 ta murojaat
2021-yil - 4302 ta murojaat
2022-yil 25-may kuniga qadar -1667 ta murojaat kelib tushgan.
Ularning asosiy qismini DXSH asosida NMTT tashkil etish boʻyicha bitim imzolash,imtiyozli kredit ajratish, farzandlarini DMTTga joylashtirish hamda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurib berish toʻgʻrisidagi murojaatlar tashkil qilmoqda.
Ushbu davr mobaynida kelib tushgan barcha murojaatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, javob xatlari berib kelinmoqda.