Rasmiy munosabat

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi yuzasidan eʼtirozli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. 

Viloyatda jami 596 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Shundan 467 tasi namunaviy tipda qurilgan binolarda 129 tasi moslashtirilgan binolarda faoliyat yuritadi. 2017 2021-yillar davomida 224 ta (26 ta yangi qurilish, 124 ta kapital rekonstruksiya,
69 ta kapital taʼmir va 5 ta joriy taʼmir
) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼmirlandi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash uchun 562.4 mlrd.soʻm (shundan, 430.56 mlrd soʻm respublika, 110.84 mlrd.soʻm mahalliy byudjet hamda 21,0 mlrd.soʻm homiylik) mablagʻlar sarflangan. 224 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 143 tasi Investitsiya dasturi, 61 tasi “Obod qishloq” va“Obod mahalla” dasturi, 14 tasi “Obod markaz” dasturi asosida hamda 6 tasi homiylik mablagʻlari hisobidan taʼmirlandi.

Jumladan, 2017-2021-yillar davomida 204 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Investitsiya va boshqa dasturlar asosida qurilish montaj ishlari bajarilgan.

Investitsiya dasturi asosida 128 ta inqirozga qarshi kurashish mablagʻlari hisobidan 4 ta jami 132 ta inshootlarda qurilish-montaj ishlari olib borilgan.

Shundan, 2017-yilda 27 ta shundan 7 ta rekonstruksiya, 20 ta kapital taʼmirlash (ajratilgan mablagʻ 23.2 mlrd.soʻm);

2018 yilda 30 ta shundan 1 ta yangi qurilish, 29 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 95,8 mlrd.soʻm);

2019 yilda 34 ta shundan 34 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 99,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan.

2020 yilda 25 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 22 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 94,8 mlrd.soʻm ) hamda “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan 4 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 11,32 mlrd.soʻm ) ishlari bajarilgan.

2021 yilda 12 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 7 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 45,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan. Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga koʻra Namangan shahrida 10 ta, Mingbuloq tumanida 1 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurib foydalanishga topshirildi 52,1 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
11-avgustdagi 118-sonli Rayosat majlisi bayoniga asosan Toʻraqoʻrgʻon tuman “Langarbobo” MFY hududidagi 150 oʻrinli 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish belgilangan. Hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Shuningdek, viloyatda 6 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari homiylik mablagʻlari hisobidan yangi qurildi va kapital rekonstruksiya qilindi.

Toʻraqoʻrgʻon tumani Axsi qishlogʻida bugungi kunda 4 ta (16-DMTT,
31-DMTT, 35-DMTT, 49-DMTT) hamda 7 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib boradi.

Mazkur hududdagi 31-sonli DMTT 2020-yilda «Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 41-son) 120 oʻringa mukammal qayta qurish ishlari bajarilgan. Mazkur ishlar uchun 2,9 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi
“2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2022-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumani “Axsi” MFYdagi 49-sonli DMTTni 120 oʻringa mukammal qayta qurish belgilangan. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra pudratchi tashkilot "BINOKOR IMKON DIZAYN«MCHJ 4,04 mlrd.soʻmga gʻolib deb topilgan. Bugungi kunda, buyurmachi va pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolanib qurilish ishlari boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-aprelda “Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarni ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qaroriga koʻra, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni (OPEN BYUDJET) natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan “Toʻraqoʻrgʻon tumani 16-sonli DMTni joriy taʼmirlash, eshik derazalarni akfa romlariga almashtirish, bino oldi tomonga koridor qilish” tashabbuslari gʻolib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 999,9 mln.soʻm byudjet mablagʻlari ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda Toʻraqoʻrgʻon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan qurilish-montaj ishlari bajarish uchun tanlov savdolari asosida loyihachi tashkilotlar tanlab olinib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va davlat ekspertiza xulosasi olinmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта