Fargʻonada 2 ta MTT foydalanishga topshirildi

news-detail

Fargʻona viloyati Soʻx tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 

Qayd etish lozim, faoliyatini boshlagan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tumandagi 1-sektor binosining boʻsh turgan xonalarida tashkil etildi. Maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda mazkur maskanda 120 nafar bolajonlar tarbiya olishmoqda. 

Shuningdek, muassasada 30 oʻrinli qisqa muddatli guruhlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Taʼlim tashkilotining ish boshlashi esa hududdagi 26 nafar xotin-qizlarining bandligini taʼminlashga xizmat qildi. 

Shu bilan birga, Rishton tumani Choʻngʻara qishlogʻida zamonaviy koʻrinishda qayta barpo etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Barcha qulayliklarga ega zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti 90 oʻringa moʻljallangan. 

Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qarori asosida mazkur muassasa rekonstruksiyasi uchun 2 milliard 641 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта