Namangan tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilar oʻrtasida “Oʻyinchoqlar ustasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazildi.
Tadbir jarayonida 35 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.
Jarayonda hayʼat aʼzolariga har bir maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari oʻzlarining ijodiy ishlari, oʻzlari tomonidan tayyorlab kelingan taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va didaktik koʻrgazmalar, qoʻl mehnati va applikatsiya ishlari va maketlardan mashgʻulotlar jarayonida qanday foydalanishini yoritib berishdi.
Tadbir soʻngida faxrli oʻrin olgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlariga va tarbiyachilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, tumandagi 25-sonli DMTT da tarbiyachilar oʻrtasida “Mohir qoʻllar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Tadbirda tarbiyachilar oʻzlari yasagan qoʻl mehnatlari bilan ishtirok etishdi. Gʻoliblarni faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga, tumandagi 30-DMTTda may oyining 1-haftasi “Men va mening uyim” mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazildi.