Fargʻonada malakali kadrlar sifat va sonini oshirishga doir seminar boʻlib oʻtdi

news-detail

Fargʻona viloyatida “Meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash, buyruqlarni qonun talablari asosida rasmiylashtirish va malakali kadrlar sifat va sonini oshirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. 

Viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda viloyatning shahar va tuman boʻlimlarning kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislari qamrab olingan ushbu seminar ishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi F. Boboyev ishtirok etdi.

“Bolaning har tomonlama kamol topib shakllanishini taʼminlaydigan dastlabki dargoh, bu – bogʻcha! Unda tarbiyalanuvchining oʻqishga intilish hissi uygʻonadi va u, muntazam taʼlim olishga tayyorlanadi. Tizim oldiga qoʻyilgan bu sharafli vazifani toʻlaqonli amalga oshirishning qator talablari mavjud. Masalan, tarbiyachi va pedagog kadrlar malakasini oshirish qanchalik muhim sanalsa, ular orasida samarali psixologik-pedagogik uslublarni joriy etish ham shunchalik ustuvor. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar bilan taʼminlash har qachongidan koʻra dolzarb masala. Oʻz navbatida bolalar uchun oʻyinlar yaratish va didaktik oʻyin vositalarini ishlab chiqarish xodimdan muayyan koʻnikma, malaka va tajriba talab etadi. Qolaversa, maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash esa, xodimning zarur darajadagi ilmiy bilim va salohiyatiga bogʻliq. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya jarayonlarida bolalarni jismonan sogʻlomlashtirish yuzasidan olib boriladigan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni rivojlantirishga koʻmaklashish tizim xodimlari oldida turgan eng muhim vazifa sanaladi”, dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Farrux Boboyev.

Shuningdek, vazirlik masʼul xodimi seminarda koʻrilgan mavzuning joylardagi amaliy ijrosi bilan qiziqdi. Mutasaddilar bilan birgalikda viloyatning turli shahar va tumanlarida boʻlib joylardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagog xodimlari bilan uchrashdi. 

Ularning ish faoliyatlari, bilim- salohiyatlari, ish yurituvidagi hujjatlar, ayniqsa, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Tizimni ayniqsa kadrlar bilan bogʻliq yoʻnalishlarni yanada rivojlantirish boʻyicha xodimlardan takliflar olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта