Maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari koʻlami kengayib borayotganligi statistik maʼlumotlardan maʼlum.
Respublikaning chekka hududlari: togʻ qishloqlarimi yoki choʻl va kengliklardagi aholi punktlarimi, barchasida oilaviy yoki davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda va bolajonlarni maktabgacha taʼlimga qamramoqda.
Xuddi shuningdek, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari huquqlarini himoya qilish, metodik tavsiya va ish yuritishda koʻmak berishni niyat qilgan “NMTT uyushmasi” ham koʻlamini kengaytirmoqda.
Bu gal uyushma Buxoro viloyatida boʻldi. Dastavval uyushma faoliyati, maqsad-muddaolari haqida tushuncha berilgan boʻlsa, keyinchalik tadbirkorlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va yangi dasturlar xususida maʼlumot berildi.