AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsʻning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsʻning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashdi.
Muhokamaning asosiy mavzusi Oʻzbekistonda hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlanishi” loyihasi boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, loyihada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini va kanalizatsiya quvurlarini taʼmirlash, jihozlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash orqali tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash koʻzda tutilgan.
Ushbu dastur AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.