Namanganda boshlangan uch kunlik ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

news-detail

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov rahbarligidagi ishchi guruh, shu jumladan 44 ta vazirlik, idora va muassasalar mutasaddilari, ularning viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, viloyat hokimligi va sektorlar rahbarlari tomonidan Namangan viloyati shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish boʻyicha boshlangan uch kunlik ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

 

Qabullarning ikkinchi kuni Chortoq tumanidagi Karoskon qishlogʻida joylashgan “Orom” tantanalar majmuasida tashkil etildi.

 

Prezident maslahatchisining oʻrinbosarlari, Respublika Oliy sudi, Bosh prokuratura va qator vazirliklar, shu jumladan Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Namangan viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Hilola Yusupova ishtirokidagi ommaviy sayyor qabulda Norin, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlari aholisi toʻliq qamrab olindi.

 

Unda har besh tumandan 100 nafarlab fuqaro oʻz muammosi boʻyicha murojaat qildi. Ayni paytda maktabgacha taʼlim sohasiga doir masalalar doirasida 16 nafar fuqaro Uzoqboy Begimqulov tomonidan qabul qilindi. Koʻtarilgan masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etildi. Respublika miqyosida hamda vaqt talab etiladigan shikoyatlar nazoratga olindi. Ularni qisqa muddatda hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

 

Jumladan, shu kuni Chortoq tumanidagi Zafar Diyor nomli mahallaning “Ustazoda” koʻchasi, 92-uyda yashovchi fuqaro Oʻgʻilxon Olimova, Uychi tumanining “Ravot” mahallasi “Bogʻ” koʻcha, 6-uyda yashovchi fuqaro Muyassarxon Turanova, “Bogʻkoʻcha” MFY, “Munis” koʻchasi, 21-uyda yashovchi fuqaro Gulnora Fozilova, “Umid” MFY, “Pillakor” koʻchasi 6-uyda yashovchi fuqaro Mahfuza Karimova, Norin tumani “Yaydoq” MFY, “Namangan” koʻchasi, 19-uyda yashovchi Muqaddam Oʻlmasova maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan oʻz ish oʻrinlarini topishdi.

 

Fuqarolar vazir oʻrinbosari oldiga soha yoʻnalishida oliy maʼlumot olish, oilaviy bogʻcha ochish, mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish, shuningdek, bogʻchasiz hududlarda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etishga doir qator masalalar qoʻyishdi.

 

Xususan, Chortoq tumanining “Laskidon” MFY, “Birdamlik” koʻchasi, 214-uyda yashovchi Hayrixon Boboyeva vazir oʻrinbosari bilan oʻtgan yuzma-yuz muloqotda mahallada 120 oʻrinli yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi aytilgani, ammo pandemiya oqibatlari sabab bu ishda siljish boʻlmaganini aytib oʻtdi.

 

 

Vazir oʻrinbosari fuqaro tomonidan koʻtarilgan ushbu masalaning sabab-mohiyatini chuqur oʻrgandi. Masʼullardan izoh soʻradi. Yechimga doir koʻrsatmalar berdi 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта