Joriy yilning 12-may kuni viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasida boshqarma boshligʻi rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Videokonferensaloqa (ZOOM) shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda boshqarma boʻlim boshliqlari, barcha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari, MTT direktorlari va Navoiy pedagogika kolleji rahbariyati ishtirok etdi.
Kun tartibida bir qator muhim masalalar muhokama etildi.
Xususan, Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida 2022-yilning oʻtgan toʻrt oyi davomida amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar, Navoiy viloyati prokuraturasining viloyat Maktabgacha taʼlim tizimi faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish boʻyicha taqdimnomasi muhokamasi, Maktabgacha taʼlim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Navbahor va Konimex tumanlarida va Navoiy pedagogika kollejida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonida berilgan tegishli topshiriqlar toʻgʻrisida ijrosi va boshqa masalalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Yigʻilish tanqidiy va tahliliy ruhda oʻtkazilib, uning yakunlari boʻyicha mehnat faoliyati davomida bir qator xato va kamchiliklarga hamda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan hududiy boʻlim mudirlari va masʼullariga, shuningdek, bir qator davlat MTT direktorlariga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi belgilandi.
Yigʻilish soʻngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.