Bolalarning yoʻllardagi xavfsizligi har bir insonning masʼuliyatidir

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vaziri Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Xalq taʼlimi vazirligi, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi global kampaniya doirasida Oʻzbekistonda yoʻl harakati xavfsizligi haftaligi boshlanganini eʼlon qildi.

Jahon yoʻl harakati xavfsizligi haftaligining maqsadi koʻplab oʻlim va jarohatlanishlarga sabab boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari muammosiga eʼtibor qaratishdir. Bu yil global miqyosdagi kampaniya yuqori tezlikni kamaytirishga qaratilgan, chunki aynan shu holat jiddiy jarohatlar va oʻlimga olib keladigan asosiy sabablardan biridir.

“Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, ularning atrofidagi transport visotalarini sezish qiyinroq. Ular atrofdagi vaziyatni baholay olmaydilar. Shu bois transport vositalaridan foydalanayotganda ota-onalar bolalar oʻrindiqlaridan foydalanmasliklari va bolaga xavfsizlik kamarini taqmasliklari, shuningdek, piyodalar yoʻlagida qarovsiz qoldirishi koʻpincha yoʻl-transport vositalarida bolalarning jarohatlanishi va halok boʻlishiga sabab boʻladi. Piyoda bolalar oʻzlarining eʼtiborsizligi tufayli aksariyat hollarda avtomobil gʻildiraklari ostiga tushib qolishadi, kattalar aybi bilan avtomobillarda yoʻlovchi bolalar jarohatlanib halok boʻladi”, deydi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin.

Oʻzbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 1469 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan boʻlib, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir boʻlgan, 39 tasi oʻlimga sabab boʻlgan. Qurbonlarning aksariyati oʻsmirlardir. Yoʻl-transport hodisalarining asosiy sabablari tezlikni oshirish (455 ta), yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta) va zarur infratuzilmaning yoʻqligi (250 ta), jumladan, piyodalar oʻtish joyining yoʻqligi (804 ta) boʻlgan.

Ayrim mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, oqilona sarmoya evaziga yoʻl-transport hodisalarining toʻliq oldini olish mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar yoʻl-transport hodisalarida bolalar oʻlimini sezilarli darajada kamaytirishga koʻmak berishi mumkin:

  • yoʻl harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, oʻsmirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini taʼminlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash;
  • infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar;
  • maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish;
  • yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
  • maktab oʻquvchilari uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • aholi xabardorligini oshirish boʻyicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
  • fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта