Joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirining “Bolalar bogʻchasi” va “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi imzolandi.
Unda qayd etilishicha, 10-may sanasidan boshlab “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni respublika miqyosida joriy qilish hamda ulardan foydalanish holatlari hududlarga chiqib oʻrgatiladi.
Mazkur buyruq asosida hozirda jadal ishlar olib borilmoqda. Xususan:
Andijon, Fargʻona, Namangan hududlaridagi DMTT va DXSH tashkilotlari xodimlariga “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi qaror mazmun mohiyatini toʻgʻri yetkazish;
NMTTBATdan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish;
NMTTBATni 20-mayga qadar viloyatdagi DMTT va DXSH tashkilotlarida joriy etilishini taʼminlash;
NMTTBATdan foydalanish davrida kamchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻrish;
NMTTBATni DMTT va DXSH tashkilotlarida joriy etishda hududiy boʻlinma xodimlariga tashkiliy hamda amaliy tavsiyalar berib borilmoqda.