Maʼlumki, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.
Maktabgacha taʼlim vazirligida tashkil etilgan maslahat kengashi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi huzuridagi ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi.
Unda Davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning taʼminlanishi vakolatli shaxs zimmasiga yuklatilganligi, shuningdek davlat organida jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar va axborotlar mavjudligi, muntazam ravishda ularni yigʻish hamda tahlil qilish yoʻlga qoʻyilganligi koʻrib chiqildi.
Guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy ishlovchi senator Gulnora Maʼrufova rahbarlik qilmoqda.