Korrupsiyani oldini “SKAYNER”larsiz olamiz

news-detail

Barchamizga maʼlumki, soʻnggi yillarda sohadagi korrupsion holatlarni keskin oldini olish maqsadida raqamlashtirilgan texnologiyalarga oʻtish tizimi jadallik bilan joriy etilmoqda. Xususan, Maktabgacha taʼlim sohasida ham bir qator manzilli dasturlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yaʼni, yaqin kunlarda bosqichma bosqich maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar hajmi toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash maqsadida MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarining davomati raqamlashtirilgan texnologiyalar orqali nazorati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bu oʻz navbatida nimani beradi?, bogʻchalarda “oʻlik jonlarga” ish haqi toʻlash holatlarini bartaraf etishga va kunlik taomnomada berilgan mahsulotlarning sarfini aniq hisoblashga imkoniyat yaratadi. “Haqqoniy” xodimlar ish faoliyatini olib borayotganligini tasdiqlab beradi. Shu bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarni oldini oladi. Bularni barchasi inson omilisiz boʻlishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarorida berilgan topshiriq asosida qanday maqsadli vazifalar belgilandi?

Endilikda, Biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish tizimi ishlab chiqildi va bu tizim mobil ilova yordamida hisobi yuritiladi.

Bunda bizga nimalar kerak boʻladi?, MTT uchun mobil qurilma (smartfon yoki planshet) darvoqe, bularni, zaruratdan kelib chiqib, MTT oʻzining byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilinishini mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Shuningdek, bugungi kunda respublikada 98% davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (2% - yangi qurilib, internetga ulash boʻyicha bu yilgi rejalarga kiritilgan hamda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tashkilotlar hisobiga) internet tarmogʻiga ulangan, yaʼni yangi axborot tizimidan foydalanganda xodimlar hisobidan internet uchun megabaytlar sarflanmaydi. Nodavlat sektorida esa tadbirkor tomonidan internetga ulanishlar tashkil etilishi zarur.

Afsuski, “Xalq dardi” ijtimoiy tarmogʻi orqali bu holatni ommaga notoʻgʻri tushunchalar bilan olib chiqilishida, oʻzbek dialektida ishlatilmaydigan soʻz iboralarini qoʻllagan holda xabar tarqatilmoqda.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq vakillari, Sizdan maʼlumot yoki xabarni tarqatishdan oldin vazirlik Axborot xizmati yoki tegishli mutaxassislariga murojaat etishingizni soʻrab qolamiz. Bunday xabarlarni tarqatishda naf nima, ha albatta hammasi oson boʻlmaydi, chunki yillar davomida shakllanib kelgan tizim yangi shaffoflik bosqichini hazm qilishi qiyin kechadi.

Asosiy maqsadimiz, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini amaliyotda qoʻllash orqali davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanish, DXSH (davlat-xususiy sheriklik) asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajratish tizimi shaffofligini taʼminlash, korrupsiya holatlari va qogʻozbozlikni oldi olinib (2022-yil 1-iyundan boshlab subsidiyalar hajmi avtomatik ravishda hisoblanadi, bunda qogʻoz shaklda har oylik buyurtmanomani toʻldirish hamda ularni maktabgacha taʼlim va moliya boʻlimlari bilan kelishish zarurati yoʻqoladi) tadbirkorlar va fuqarolarga qulayliklar yaratilishiga erishishdir.

Eslatma: nodavlat tashkilotlarida (DHSH, shu jumladan oilaviy MTTlar) subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda foydalaniladigan texnik jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va axborot tizimidan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Bu Hukumatning yuqoridagi qarorida belgilab oʻtilgan (DXSH tashkilotlari oʻz ehtiyojlari uchun qoʻllab kelayotgan mobil qurilmadan ham foydalanish imkoniyati mavjud boʻlib, alohida jihozlarni sotib olish talab etilmasligi mumkin).

 

Murojaatdagi taklif va maslahat yuzasidan:

 

  1. Vazirliklarda, banklarda, idora va boshqa tashkilotlarda qoʻllanilayotgan Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini asosan maktab va undan katta yoshdagi shaxslarga nisbatan qoʻllash kutilgan natija beradi (maktabgacha yoshdagi bolalar ertalab turli xil kayfiyatlarda tashkilotga tashrif buyurdi, bu esa ularni aynan Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini qarashlarini tashkillashtirish qiyinchilik tugʻdiradi);
  2. Har bir tashkilotning kirish qismiga “Nazorat punkti” qurish (yengil konstruksiyadan tayyorlangan hollarda ularni sotib olish va oʻrnatish) talab etiladi;
  3. Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini tan narxi nisbatan yuqori hamda bunday moslamalarni oʻrnatish (montaj qilish) alohida mutaxassislar yordamini talab qiladi;
  4. Maktabgacha yoshdagi bolalar hamda tashkilot xodimlarining boʻylaridagi tafovut ancha katta boʻlib, tashkilotga kelgan har bir shaxsga nisbatan moslashtirib turilishi (bu qurilmani tez ishdan chiqishiga olib keladi) yoki tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun alohida-alohida qurilmalar oʻrnatish zarur (bu esa yana mablagʻ talab etadi).
  5. Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalari uchun doimiy elektr energiyasi hamda uzluksiz internet tarmogʻi talab etiladi. Mobil ilovada davomat maʼlumotlarini oʻzida saqlab, internet tarmogʻiga ulanish mavjud boʻlganida maʼlumotlarni axborot tizimiga yuboradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта