Rasmiy munosabat

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish toʼgʼrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi. 

Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirigʼi berildi.

Ayni paytda, Vazirlik har tomonlama tahlil oʼtkazish va tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlarini optimallashtirish boʼyicha masʼul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yigʼish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganligini inobatga olib, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari qanday oʼzgarishi toʼgʼrisida maʼlumot mavjud emas. 

Shu bilan birga, Vazirlik tuman boʼlimlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida oʼziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yoʼnalishdagi ilgʼor jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida oʼtkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi.

Tuman boʼlimlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, pirovardida maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish va korruptsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022-2026-yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017-yilda qabul qilingan Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq boʼlib maʼmuriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi.

Tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini optimallashtirish masalasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan va davlat organlari faoliyatini tubdan oʼzgartirishga, kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish hamda professional, adolatli va yuqori samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etishga qaratilgan maqsadlarga toʼliq muvofiqligini alohida taʼkidlash lozim. 

Belgilangan maqsadlar davlat organlarining hududiy masalalarni hal etishda masʼuliyatini kuchaytirish, maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish, boshqaruv apparatini qisqartirish va ish jarayonlarini optimallashtirish, barcha darajalarda samarali ishlarni tashkil etish va ochiqlikni taʼminlashni nazarda tutadi.

 

Mavjud tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari oʼrniga paydo boʼlishi mumkin boʼlgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari toʼgʼrisida aniqroq tushunchaga ega boʼlmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka yana bir bor chaqiramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта