2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Puchon universiteti bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni universitetda «Mehnat yarmarkasi " boʻlib oʻtdi.
2022-yil fevral oyidan boshlab universitetda Karyera markazi faoliyat koʻrsatib, bevosita taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha ish olib bormoqda.
Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, turli korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Yarmarkada Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tuman boʻlimlari, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi:
Erudite Education, Bek kichkintoy, GES Kids, Vosiq international school and kindergarden, Fortuna, Montessori, Lider, Erkatoy Kichkintoy,Zvezdopad znaniy/Happy bee, Sehriyo, HIBBA-VILLA KIDS, Texnopark, Enter Engineering, ApexLife.
Tadbir doirasida 2021-2022-oʻquv yili bitiruvchilariga potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, oʻzini ifoda etinsh va keyingi ishga joylashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyati yaratib berildi.
Umid qilamizki, ushbu tadbir talabalarga potensial ish beruvchilar bilan biznes aloqalarini oʻrnatishga yordam beradi.