
Qoʻqon pedagogika kollejida tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi.
Rejaga koʻra jami 60 nafar pedagog xodimlar, shundan 58 nafari MTT tarbiyachilari ishtirok etishdi. Joriy yilning 18-apreldan 23-aprel kunigacha Qoʻqon universiteti hamda Qoʻqon davlat pedagogika institutidan professor oʻqituvchilar tasdiqlangan modullar boʻyicha maʼruza mashgʻulotlarini oʻtishdi.
Tarbiyachilar 19-aprel kuni kirish testlarini topshirishdi. Oʻtilgan modullar boʻyicha test topshiriqlari shaxsiy platformalariga joylashtirilib borildi. Bitiruv loyihaviy malaka ishlari boʻyicha mavzular berilib, rahbarlar biriktirildi. 23-aprel kuni tarbiyachilar chiqish testini topshirib VLI mavzusi boʻyicha himoyaga qilishdi.