Qibraydagi “Imkon”ga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi

news-detail

Avvalroq xabar berganimizdek, Oʻzbekistonga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurgan.192.jpg

Bugun mehmonlar Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdi.193.jpg

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 150 quvvatga ega boʻlib, bugungi kunda 100 nafarga yaqin - nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar, psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalar, aqli zaif boʻlgan bolalar, tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan bolalarda sogʻlomlashtirish ishlari hamda taʼlim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.194.jpg Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida

5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sogʻlomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha taʼlim-tarbiya olishmoqda.195.jpgBugungi kunda 150 nafar tarbiyalanuchilarga moʻljallangan “Imkon” reabilitatsiya markazi ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Nukus shahri (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida zamonaviy talablar asosida qurilib faoliyatini boshlagan.

Mehmonlar tashkilotga tashrif davomida tashkilot xodimlari bilan muloqotda boʻlishib, ularning mutaxassisligi va taʼlim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi.196.jpg

Bu kabi samimiy muloqotdan maqsad, kelajakda koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar hamda defektolog, logoped kabi mutaxassislarning koʻlamini kengaytirish boʻlsa ne ajab.

Maʼlumot uchun: Ushbu tashkilotda pedagoglar jamoasi 15 nafar tarbiyachi, 16 nafar tarbiyachi yordamchisi, 13 nafar defektolog, 1 nafar psixolog, musiqa xodimi va jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan iborat.198.jpgMehmonlarning fikricha, Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun, maktabgacha taʼlim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu albatta quvonarli ekanligini taʼkidlashdi.199.jpg

Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda Oʻzbekistonda yangi avlod maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri-bu alohida ehtiyojli bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv taʼlimni joriy etish orqali sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.

 

Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта