Joriy yilning 31-mart kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Unda sizlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.
Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi barcha OAV vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.