“Yana Samarqanddagi bogʻchalardan biridagi holat” yuzasidan rasmiy munosabat

news-detail

“BABY LAND” xususiy bogʻchasida suratdagi bolakayga zulm qilishgan, uni urib badanining turli joylariga shikast yetkazishganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan maʼlumotlar yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Samarqand tumani “Buxoriy” MFY hududida joylashgan Baby Land (Kids academy) xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2020-yil 09-mart kuni “Bexruzjon Intelekt” xususiy korxonasi tomonidan xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha litsenziya (№MT 1248 soni) asosida faoliyat olib bormoqda.

Holat yuzasidan dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra kichik guruh tarbiyachisi I.D. tomonidan 2022-yil 24-mart kuni 2019-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi U.F. ga tan jarohatini yetkazilganligi yuzasidan tarbiyalanuvchining onasi fuqaro I.Sh. tomonidan Samarqand tumani IIBga yozma ravishda murojaat qilingan, hozirgi kunda tuman IIBsi tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Tadbirkor tomonidan tarbiyachi I.D bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi bunday holatlarda xususiy bogʻchalarni litsenziyasini bekor qilish masalasini ilgari soʻradi, Har bir tadbirkor tashkil etayotgan bolalar bogʻchalariga tarbiyachi koʻnikmalari va mutaxassislarni jalb qilishi lozim.

 

Vazirlik tadbirkorlar eslatma ravishda qoʻyidagilarni bildiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “MAXSUS ELEKTRON TIZIM ORQALI AYRIM FAOLIYAT TURLARINI LITSENZIYALASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YAGONA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”gi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2 ilovasidagi 9 bandi «v» xatboshida belgilangan tartiblar asosida litsenziya olgan tadbirkor litsenziya shartlarini qoʻpol ravishda buzganligi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan, unga koʻra litsenziya shartnomasi bekor qilinadi. (v) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik*)

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта