Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv yuzasidan Yangixayot tumanida joylashgan 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borib oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi.
Holat yuzasidan 48-sonli DMTT xoʻjalik mudirasi Mastura Aʼzamova oʻz tushuntirish xatida, 2022-yil 28-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarni tashkilot telegram kanaliga 7-mart kuni oldidan qoʻyilganligini maʼlum qildi.
Holatni batafsil oʻrganish uchun vazirlik tomonidan Ishchi guruh tuzildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, xolat yuzasidan maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.