Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq:

a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-iyundan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DXSH tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (oʻz xodimlarini saqlash uchun davlat byudjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi;

DXSH tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik boʻyicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi;

DXSH tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;

b) DXSH tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar DXSH tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

v) 2022-yil 1-iyundan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-iyuldan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi;

g) mazkur bandning “a”, “b”, «v» kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSH tashkilotlari va xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi;

d) “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSH tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablagʻlar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yoʻnaltiriladi;

ye) 2022-yil 1-apreldan boshlab:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi;

oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.

 

Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi toʻlanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat boʻlganda, qoʻshimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar roʻyxati NMTTBATga kiritilgandan soʻng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта