Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bilan videomuloqot tarzida uchrashmoqda.
Muzokaralar chogʻida tomonlar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishmoqda.
Uchrashuv davomida tomonlarprofessor-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimining pedagog va rahbar kadrlari uchun Moskva Davlat universitetining qoʻshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirish sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan kelishib olishmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʻlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistratura yoʻnalishi boʻyicha Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali negizida “Taʻlimni boshqarish” taʻlim dasturini 25 nafardan iborat boʻlgan holda ochish masalasini belgilandi.
Qoʻshma fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalar va ilmiy anjumanlar, simpoziumlar tashkil etish istiqbollari, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari alohida muhokama qilinmoqda.
Soʻng, yuqoridagi hamkorlikda kelishib olingan mavzular asosida ikki tomon Memorandum imzolashadi.