Oʻtgan yilning 24-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim vazirligida 2021-yil natijalari va 2022-yilda rejalashtirilgan strategiya haqida press-kofe hamda «Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 247-sonli burugʻi imzolangan edi.
Mazkur buyruq, joriy bahorning birinchi haftasida, vazirlikning anjumanlar zalida ijro etildi. Dastlab press-kofe oʻtkazildi. Unda mamlakatning barcha telekanallari, taniqli blogerlar, OAV vakillari qatnashdi. Ular soha rivoji doirasida 2021-yilda olib borilgan ishlar natijalari va galdagi maqsadlarga doir savollariga atroflicha javob olishdi.
Keyin ikki kun davomida esa, maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari uchun “Yangi media taʼlim markazi” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Zamonaviy media muhitida yangi PR trendlar” mavzusidagi oʻquv-seminar oʻz ishini olib bordi.
Tadbirlar soʻngida “Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.