“Maktabgacha taʻlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusidagi matbuot anjumani

news-detail

Joriy yilning 4-mart kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

2021-yilda Maktabgacha taʼlim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida 6,6 trln. soʻm (98%) mablagʻ xarajat qilingan.

Jumladan:

Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 10,5 mlrd. soʻmga (98%);

Maktabgacha taʼlim vazirligining markazlashgan mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy oʻyin, oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlashga 181 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 177,1 mlrd. soʻmga (97,8%);

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 103,6 mlrd. soʻm (100%);

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4,0 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 4,0 trln. soʻmga (100%);

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 1,2 trln. soʻmga (100%);

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlashga 39,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 34,9 mlrd. soʻmga (89,2%);

Aqlvoy dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga

2,6 mlrd. soʻm (100%);

Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 49,4 mlrd. soʻmga (97,4%);

"Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 511,8 mln. soʻmga (36%);

Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 991 mlrd. soʻmga (88,4%) bajarilgan.

2021-yilda respublikada 8 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 6.1 foizga oshirildi.

Maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun

24 soatlik guruhlarni tashkil etishga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali oʻrganib chiqildi.

Soʻrovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida —

25 ta, Buxoro viloyatida —10 ta, Jizzax viloyatida —4 ta, Navoiy viloyatida —4 ta, Xorazm viloyatida —5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bugungi kunda respublikada jami 27 103 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 6 387 tasi davlat va 20 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir.

Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 1,9 mln. nafari yoki 67% bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olingan boʻlsa, ularning 566 996 nafarini (82%) 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda.

2022-yilda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini 70,7% ga yetkazish rejalashtirilgan.

2021-yilda 13 098 quvvatga ega 120 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 239 484 quvvatga ega 8 553 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi.

Natijada, 252 582 ta qoʻshimcha quvvat (120 ta DXSH asosidagi NMTT va 8 553ta oilaviy MTTlar) hamda 22 720 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” Sanitariya qoida va meʼyorlari (SanPiN) qayta koʻrib chiQilib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma hamda “Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar ishlab chiqildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar “Aqlvoy-oshpaz” nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi.

Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan oʻtkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi.

Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan:

- 41 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi;

- 181 ta yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi.

Bugungi kun holatiga 2021-yil Investitsiya dasturi doirasidagi 222 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlaridan 199 tasida qurilish – taʼmirlash ishlari yakunlandi.

2021-yilda barcha manbalar hisobidan 3 ta loyiha doirasida 50,6 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi shundan:

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari – 35,8 mln. AQSH dollari;

begʻaraz koʻmak (grant) xorijiy investitsiyalar – 14,8 mln. AQSH dollari

Hisobot davrida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 43,6 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan.

Shu bilan birga, Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan. Xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi.

Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshiriladi.

Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта